AsosiyDunyo

Sharapova o`zi bilan “bellashdi”

Rossiyalik mashhur tennischi Mariya Sharapova  Porsche 911 avtomobili reklamasida suratga tushdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”. Videorolikdagi tennischining raqibasi obrazini ham uning o`zi yaratdi.

Promorolikda shuningdek, shaxmat bo`yicha jahon chempioni Magnus Karlsen ham suratga tushdi. Bundan tashqari kompyuter grafikasi yordamida boks bo`yicha mutlaq jahon chempioni Muhammad Ali obrazi ham yaratildi. Ular rolikda o`z-o`zlari bilan bellashadi.

Mariya Sharapova joriy yilning avgustida Forbes talqiniga ko`ra, dunyo bo`yicha eng ko`p haq to`lanadigan sportchilar reytingida birinchi o`rinni egallagan edi.

Roliklarni quyidagi havolada tomosha qilishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=udvc-sso6ro

    Boshqa yangiliklar