1

O`zbekistonda karantin qayta joriy qilinadimi yoki bu karantin cheklovlarining oxirgisi edimi?

Jamiyat 15.08.2020, 15:01
O`zbekistonda  karantin qayta joriy qilinadimi yoki bu karantin cheklovlarining oxirgisi edimi?

15 avgustdan boshlab mamlakatda karantin cheklovlari engillashtirildi. Bu iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda barqaror faoliyatni ta`minlash, shuningdek, aholi turmush sharoitlarini engillatish uchun zarur edi.  

️Karantin cheklovlarini engillatish u bekor qilinganini anglatmaydi.

Koronavirus infeksiyasi epidemiyasining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi va Sog`liqni saqlash vazirligi fuqarolarni  individual himoya choralariga qat`iy rioya qilishda davom etishga chaqiradi. Jumladan:

  • jamoat joylarida albatta niqob taqish;
  • ijtimoiy masofa saqlash;
  • muntazam qo`llarni yuvish va antiseptik vositalardan foydalanish.

️Shu kunlarda Respublika maxsus komissiyasi yuqorida ta`kidlangan qoidalarga rioya qilmaslik kasallik sonining takror oshishiga olib kelishi mumkinligini ma`lum qildi. Bu esa o`z navbatida qat`iy karantin cheklovlarini qayta joriy etishga sabab bo`lishi mumkin.

Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ma`lum qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1