Mashhur tarixchi Goga Abrorovich Hidoyatov bugun, 10 dekabr kuni uzoq davom etgan hastalikdan vafot etdi. Bu haqda “uz24.uz” xabar bermoqda.
Goga Hidoyatov 1930 yil 9 may kuni Toshkentda teatr aktyorlari Abror Hidoyatov va Sora Eshonto`raevalar oilasida tug`ilgan. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetini tamomlagan. Toshkent davlat universiteti, Sharqshunoslik instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ishlagan.
2005 yilda nafaqaga chiqqan bo`lsa-da, ilmiy faoliyatini davom ettirgan.