AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Apple`ning ilk rasmiy dilerlik do`koni ochilishi mumkin

Toshkent shahrining Qoratosh mavzesida joylashgan Media Park gipermarketi ma`muriyati jahonning eng ko`zga ko`ringan brendlaridan biri – Apple kompaniyasi bilan o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi “qalampir.uz”.

Ma`lumotlarga ko`ra, Media Park gipermarketi ma`muriyati Apple’ning AQShdagi rasmiylari bilan aloqaga chiqqan. Do`konning umumiy holatidan qoniqish hosil qilgan AQShlik tadbirkorlar o`z mahsulotlari uchun Media Park binosidan maxsus – zamonaviy, qulay va eng muhimi boshqa brend mahsulotlaridan mutloq yiroq savdo rastasi talab qilgan. Media Park ma`muriyati Apple’ning bu talabini bajarsa, shartnoma tuzilib, mahsulotlar BAAning Dubay shahri orqali etkazib turilishi ta`kidlanmoqda.
Xabarda aytilishicha, bugungi kungacha Apple kompaniyasi rasmiy dilerlik  do`konlari dunyo bo`yicha 18 ta davlatda faoliyat yuritmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar