AsosiyDunyo

Julian Assanj Turkiya harbiylarining Su-24'ga hujumi sababini tushuntirdi

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj jurnalistlarga Turkiya harbiy havo kuchlarining Rossiyaning qirruvchisiga hujumini mamlakatdagi siyosiy ambisiyalar bilan tushuntirish mumkinligini ma`lum qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Assanjning so`zlariga ko`ra, 1 noyabr kuni Turkiyada bo`lib o`tgan saylovlardan oldin mamlakat havo kengliklarida bir soniyaga bo`lsa ham paydo bo`lgan samolyotni urib tushurish buyurilgan.

«Bu saylovlarda g`alaba qozonish uchun qilingan edi. Keyin esa ushbu qoidalar bekor qilinmadi», — deydi Assanj.

Bu bilan Assanj Anqarani oqlamayotganini, biroq turklar haqiqattan ham signallar yuborishganini, biroq bu Rossiya maxsus xizmati tomonidan tushunilmaganini ma`lum qildi.

«Ushbu nizo ko`pniki. Ammo u tez orada iziga tushadi deb o`ylamayman», - deydi Assanj.

Eslatib o`tamiz, Su-24 samolyoti turk qirruvchisi tomonidan 24 noyabr kuni urib tushirilgan. Turkiya rahbariyati bu holat uchun kechirim so`rashni lozim topmadi va Rossiya Turkiyaga nisbatan bir qancha iqtisodiy sanksiyalarni qo`lladi.

 

    Boshqa yangiliklar