1

«Yuksalish» umummilliy harakati Mustaqillikning 29 yilligi oldidan sovrinli fleshmob-tanlovini e`lon qildi

Hi-tech 21.08.2020, 21:04
«Yuksalish» umummilliy harakati Mustaqillikning 29 yilligi oldidan sovrinli fleshmob-tanlovini e`lon qildi

«Yuksalish» umummilliy harakati O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi oldidan ijtimoiy tarmoqlarda #MenUchunQadrli (#Senyu) fleshmob-tanlovini e`lon qilmoqda. Bu haqda harakat matbuot xizmati ma`lum qildi.  

28 avgustga qadar ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Instagram)dagi o`z sahifalariga O`zbekiston bilan bog`liq eng  qadrli xotiralari, taassurotlari aks etgan foto yoki videolarni joylashtirish lozim. Surat va video ostiga #MenUchunQadrli, #Senyu xeshteglaridan foydalanib hamda «Yuksalish» umummilliy harakati (@uzbyuksalish)ni belgilab, qisqa izoh-ta`rif yozish talab etiladi.  

20 ta eng qiziqarli va ommabop foto va videolar 28 avgust soat 20:00da ovozga qo`yiladi. Ovoz berish jarayoni 1 sentyabr soat 11:00da yakunlanadi.  

G`olib va sovrindorlarga quyidagi sovg`alar beriladi:

1-o`rin — noutbuk;

2-o`rin — planshet;

3-o`rin — smartfon.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1