AsosiyDunyo

Stiv Jobsning suriyalik qochoq obrazidagi surati e`lon qilindi

Britaniyalik ko`cha musavviri Benksi Apple korporasiyasining boshlig`i, marhum Stiv Jobsni suriyalik qochoq obrazida gavdalantirdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Surat Fransiyaning Kale shahridagi qochoqlar lageri devoriga chizilgan.

“Biz ko`pincha migrasiya-qabul qiluvchi davlat uchun zarar deb o`ylaymiz, ammo Stiv Jobs  suriyalik migrantlarning farzandi edi. Apple-hozirgi kunda dunyo bo`yicha eng ko`p daromad oluvchi kompaniya hisoblanadi, u har yili hukumatga etti milliard dollar miqdorida soliq to`laydi. Buning hammasi mamlakat qachondir o`z hududiga kichik suriyalikni qabul qilgani uchun”, — dedi musavvir.

Kale shahrida joylashgan Jungli nomli qochoqlar lagerida bugungi kunda etti mingga yaqin kishi yashaydi.  Joriy yilning oktyabrida Benksi o`zining buzilgan ko`rgazmalar zali qurilish materillarini Fransiyadagi qochoqlar lageri qurilishiga yo`naltirgan edi.

Benksi-shaxsi noma`lum ko`cha musavviri. Uning suratlari 1990 yildan boshlab ko`chalarda paydo bo`la boshlagan.

    Boshqa yangiliklar