AsosiyDunyo

“Islom davlati” Liviyaning YuNESKO ro`yxatiga kiritilgan shahrini qo`lga oldi

“Islom davlati” terrorchilik tashkiloti jangarilari YuNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro`yxatiga kiritilgan Liviyadagi Sabrat shahrini qo`lga oldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Arxeologlar terrorchilarning tarixiy yodgorliklarga zarar etkazishidan xavotirga tushmoqda.

“Palmira kabi bu ham terrorchilar nishonga olgan yunon-rim yodgorligidir”, — dedi britaniyalik arxeolog professor Devid Matingli.

8 dekabr kuni “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti etakchisi Abu Bakr al-Bog`dodiy Turkiyadan Limviya hududiga o`tgani ma`lum qilingan edi. U Iroq razvedkasi ta`qibidan qochish maqsadida shunday yo`l tutgan edi.

Terrorchilar tarixiy obidalarga muntazam ravishda putur etkazadi. Jumladan noyabr oyining boshlarida terrorchilar Suriyadagi eramizning X asrida qurilgan tarixiy qal`ani buzib tashlagan edi. 

    Boshqa yangiliklar