AQShning Pittsburg shahrida harakatlanayotgan avtomobildan o`q uzilishi oqibatida to`rt kishi jarohatlandi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Otishma Braunsvill-Roud tumani Amanda-strit ko`chasida yuz bergan.
Mahalliy hukumat vakillarining so`zlariga ko`ra, to`rt kishi jiddiy jarohat olgan. 11 va 13 yoshli ikki o`smirning ahvoli og`ir, yana bir 16 yoshli yigit oyog`idan yaralangan. To`rtinchi kishi esa uncha og`ir bo`lmagan tan jarohati olgan.
AQShda jamoat joylarida otishmalar sodir bo`lishi tez-tez kuzatiladigan holat.
Bundan avval 2 dekabr kuni Kaliforniyadagi San-Bernardino shahrida yuz bergan otishma haqida xabar bergan edik.





