1

Torkunov Anatoliy Vasilevich «Do`stlik» ordeni bilan mukofotlandi

Siyosat 26.08.2020, 08:52
Torkunov Anatoliy Vasilevich «Do`stlik» ordeni bilan mukofotlandi

Torkunov Anatoliy Vasilevichni O`zbekiston Respublikasining «Do`stlik» ordeni bilan mukofotlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e`lon qilindi.

"O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, gumanitar sohadagi ko`p yillik samarali hamkorlikni hamda akademik va ilmiy-ta`lim almashuvlar bo`yicha uzoq muddatli dasturlarni amalga oshirishni qo`llab-quvvatlashdagi shaxsiy hissasi, shuningdek, xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi bevosita ishtiroki uchun Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti rektori Torkunov 

Anatoliy Vasilevich O`zbekiston Respublikasining «Do`stlik» ordeni bilan mukofotlansin", deyiladi Farmonda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1