Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi xalqaro "Coursera" onlayn malaka oshirish kurslarida faol ishtirok etib kelayotgan ingliz tili fani o`qituvchilari orasida tanlov e`lon qiladi.
Tanlovda eng yuqori ko`rsatkichni ko`rsatgan 25 nafar umumta`lim maktab ingliz tili o`qituvchilariga zamonaviy yangi noutbuk sovrin sifatida taqdim etiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi bosqichlarni amalga oshirish lozim:
Agar "Coursera"dan ro`yxatdan o`tmagan bo`lmasangiz ushbu shaklni to`ldiring: quyidagi havolaga kiring va keyingi ko`rsatmalarni bajarib, ushbu bepul tizimga ulaning. Havola: https://bit.ly/37wDabK;
Coursera platformasida ushbu tanlov baholash mezonlariga mos kurslar, professional sertifikatlar yoki ixtisoslashgan kurslar jamlanmasini muvaffaqiyatli tugatib sertifikatlarni oling;
"Coursera"da muvaffaqiyatli tugatgan kurslaringiz haqida taassurotlaringiz aks etgan videorolikni tasvirga oling;
Yuqoridagi bosqichlar bajarilgach, tanlovda qatnashish uchun ushbu formani to`ldiring: http://bit.ly/3iSqSyE
Tanlov 2020 yil 29 sentyabrga qadar davom etadi. 30 sentyabr kuni esa g`oliblar aniqlanadi!
Ma`lumot o`rnida:
Baholash mezonlari quyidagicha:
Tanlovning baholash mezonlari quyidagicha bo`lib, ishtirokchilarning yakuniy natijalari 100 ballik tizim bo`yicha baholanadi:
1."Coursera" platformasida faollik ko`rsatkichlari bo`yicha (jami 60 ball):
- "Coursera" platformasida faqat o`z kasbiy faoliyatidan kelib chiqqan holda ingliz tili filologiyasi va/yoki ta`limi yo`nalishida muvaffaqiyatli tugatilgan kurslar va qo`lga kiritgan sertifikatlar soni (0-20 ballgacha);
- Kurslardan tashqari bir necha kurslarni o`zida jamlagan professional sertifikatlar (“Professional certificates”), ixtisoslashgan kurslar jamlanmasi (“Specializations”) va yo`naltirilgan loyihalarni (“Guided Projects”) muvaffaqiyatli tugatgan va yuqori o`zlashtirgan nomzodlar ma`qullanadilar (0-20 ballgacha);
- Intermediate, advanced yoki mixed toifasiga kiruvchi nisbatan murakkab bo`lgan va muvaffaqiyatli tugatilgan kurslar soni (qiyinlik darajasi beginner bo`lgan kurslar hisobga olinmaydi) (0-20 ballgacha).
"Coursera"da muvaffaqiyatli tugatgan kurs(lar) haqida tassurotlarni o`zida aks ettirgan 2-3 daqiqalik videorolik tayyorlash (jami 40 ball):
- "Coursera"da qanday bilim-ko`nikmalarga ega bo`lganligini va olgan bilimlarini o`z kasbiy faoliyatida hozirda qanday amalda qo`llayotganini yoki kelajakda qanday samarali qo`llashni rejalashtirganligini tushuntirib berish (0-10 ball);
Motivatsion ruh (0-10 ball); - Professionallik darajasi (0-10);
- Videorolik sifati (0-10 ball);
Yuqorida keltirilgan shartlar to`liq bajarilishi kerak!