AsosiySiyosat

Ertaga Afg`oniston Tashqi ishlar vazirining O`zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Nima masalalar ko`riladi?

'Ertaga Afg`oniston Tashqi ishlar vazirining O`zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Nima masalalar ko`riladi?'ning rasmi

2020 yilning 28-29 avgust kunlari Afg`oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar boshchiligidagi delegasiya O`zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O`zbekiston TIV xabar qildi.

Tashrif dasturida Hukumat, tashqi ishlar, investisiyalar va tashqi savdo vazirliklarida hamda boshqa idoralarda uchrashuvlar o`tkazilishi ko`zda tutilgan. Bo`lajak muzokaralar chog`ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, transport, aloqa va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar