Rossiyalik estrada xonandasi ayni damda Toshkent shahrida ekanligini aytib, Amir Temur xiyobonida tushgan suratini Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga joylashtirdi, deb xabar beradi “Qalampir.uz”.
Vera Brejneva bugun “Istiqlol” san`at saroyida konsert berishni rejalashtirgan.
Eslatib o`tamiz, xonanda o`tgan yilning yoz mavsumida Toshkentda mehmon bo`lib, Samsung kompaniyasining “Turkiston” san`at saroyi bo`lib o`tgan Galaxy S5 qo`l telefonining taqdimot marosimida ishtirok etgan edi.