Sinoptiklarning ma`lum qilishicha, bu yilgi yoz unchalik issiq bo`lmadi. Yoz oylaridagi o`rtacha harorat me`yoriy qiymatlarga yaqin bo`ldi.
Faqat ba`zi kunlardagina kunduzgi harorat 37-39 darajagacha, mamlakatimiz janubi va shimoliy tumanlarda ayrim joylarda 40-42 darajagaga etdi.
Iyulda issiq davr sal uzoq davom etdi. Kunduzgi harorat 37-39 daraja cho`l zonasida 43 darajagacha bo`lgan ob-havo faqat iyulning o`rtasida kuzatildi.
Biroq shunda ham iyul oyi o`tgan 2019 va 2018 yil iyullariga qaraganda biroz salqin keldi. Esingizda bor bu yillar meteorologik kuzatuvlar davrida eng issiq yil bo`lgani qayd etilgan va O`zbekiston hududida eng issiq yillar beshtaligiga kirdi.
Toshkentda masalan, o`tgan yilda ketma-ket 13 kun davomida kunduzgi harorat 40 darajadan yuqori bo`lib 43 darajagacha etgan. Mamlakatimiz shimoli, janubi va cho`l zonasida 44-46 darajagacha, ayrim punktlarda esa 48 daraja bo`lgani qayd etilgan.
Odatda yoz davrida respublikamiz hududining katta qismida yog`ingarchilik kamdan-kam kuzatiladi. Bu yil ham deyarli shunday bo`ldi. Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarining tog`li va tog`oldi hududlarida mahalliy qisqa muddatli, momaqaldiroqli yomg`irlar ko`proq yog`di.
Avgust oyining oxiriga kelib esa O`zbekistonda yoz fasli uchun umuman xos bo`lmagan jarayonlar kuzatildi.
26 avgustda respublika bo`yicha harorat keskin pasayib, momaqaldiroqli yomg`irlar yog`ib o`tdi. Ob-havoning bunday o`zgarishi ayniqsa O`zbekistonning markaziy tumanlarida avj oldi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yog`ingarchilik kuchli va davomli bo`ldi. Toshkentda shu kuni 1 mm oylik normada yoqqan yog`inlar miqdori 17 mm ni tashkil qildi.
Bu juda kamdan-kam kuzatiladigan hodisa bo`lsa ham, biroq meteorologik kuzatuvlar tarixida yagona emas. 1954 yilda Toshkentda iyulda 41 mm, 1969 yil iyulida esa 39 mm yomg`ir yoqqan.
Sentyabr-kuzning birinchi oyi. O`zbekistonda sentyabrda, ayniqsa uning birinchi yarmida odatda ob-havo issiq va kam bulutli bo`ladi. Qisqa muddatli yomg`irlar faqat ayrim kunlarda ko`proq tog`li va tog`oldi hududlarda kuzatilishi mumkin. Tungi harorat 15-20 daraja atrofida bo`ladi, kunduzi 32-37 darajadan 25-30 daraja issiqqacha o`zgarib turadi.
Avgastning so`nggi kunlarida O`zbekistonda yog`ingarchilik kutilmaydi.
Bugun, 31 avgustda Volgabo`yi hududidan nisbatan nam va salqin havo oqimi kirishi natijasida ob-havo o`zgaradi. Respublika bo`yicha bulutlilikning ortishi, ob-havoning yog`ingarchiliksiz bo`lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzgi harorat 1-2 darajaga pasayadi va 28-33 daraja atrofida bo`ladi, bu me`yordan sal past haroratdir.
Sentyabrning ilk kunlari ob-havo asosan yog`ingarchiliksiz bo`ladi. Harorat kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja atrofida bo`ladi.
Respublikaning tog`li va tog`oldi tumanlarida 30-31 avgust va 1-2 sentyabr kunlari qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, deyiladi O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabarida.






