15 dekabr kuni “Istiqlol” san`at saroyi yana odamlar bilan gavjum bo`ldi. Bu galgi gavjumlikka Rossiya estrada yulduzlaridan biri “Viagra” guruhining sobiq a`zosi Vera Brejnevaning yakkaxon konsert dasturi bilan yurtimizga ta`shrif buyurgani sabab bo`ldi.
Xonanda yangi qo`shiqlari bilan birga tinglovchilari yodida uzoq yillardan buyon saqlanib qolgan xit taronalarini kuyladi, raqs tushdi, xullas muxlislarini zeriktirmadi.
Darvoqe, konsertga chipta narxlari 100 mingdan 800 ming so`mgacha sotildi.
Mazkur konsertlardan lavhalarni o`zbek estradasi yulduzlarning internetdagi sahifalariga joylanadi.
Toshkentni tark etar ekan, xonanda o`zining Instagram'dagi sahifasiga "Ajoyib uchun rahmat Toshkent. Sizlarni unutmayman, yaxshi ko`raman" deya izoh qoldirgan.
Vera qaysi milliy taomimizni haddan ortiq yaxshi ko`radi? Yurtimizning qanday urf-odatlari unga juda manzur?
Shu savolarga javob va uning konsertidan to`liq reportajni, mehmondo`st xalqimiz bilan o`tgan bir kuni taassurotlari haqida batafsil ma`lumotlarni “Darakchi” gazetasining keyingi sonida o`qishingiz mumkin...





