2020 yil 31 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 41787 (+136) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 128 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Toshkent viloyatida hamda 2 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 57 yoshli F.M. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 58 yoshli S.N. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 132 nafar, Toshkent viloyatida 109 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar hamda Namangan viloyatida 3 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib yurtimizda 39068 (+249) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2400 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






