1

5 sentyabrdan cheklovlar saqlab qolinadigan tartiblar bilan tanishing!

Jamiyat 01.09.2020, 18:15
5 sentyabrdan cheklovlar saqlab qolinadigan tartiblar bilan tanishing!

Avvala xabar berganimizdek, Respublikada karantin talablarini qisqartirish maqsadida Davlat Rahbari tomonidan berilgan ko`rsatmalarga muvofiq Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori qabul qildi.

Ammo quyidagi karantin cheklovlari 2020 yil 5 sentyabrdan keyin ham saqlab qolinmoqda:

➖fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlashi, tibbiy niqobda bo`lishi, bunda ular tomonidan sanitar talablar buzilgan taqdirda qat`iy choralar (jarimaga tortish) ko`rish;

 

➖tana harorati 37 gradus va undan yuqori bo`lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo`lgan fuqarolarning jamoat joylariga chiqmasligi;

 

➖supermarket va boshqa yirik do`konlarning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, dezinfeksion “to`shaklar”, antiseptik vositalari bilan jihozlash, ularga kirishda har bir fuqaroning tana haroratini o`lchab, 37 gradus va undan yuqori bo`lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo`lgan holatda kiritmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda bo`lishini, shuningdek, ushbu ob`ektlarga kirishda fuqarolarni bepul tibbiy qo`lqop bilan ta`minlash;

 

➖buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari hamda buyumlar savdosi bilan shug`ullanuvchi yirik do`konlarda sanitar tozalash ishlarini o`tkazish uchun haftada bir kun sanitar kunini e`lon qilish;

 

➖davlat organlari, tashkilotlar va korxonalarda yig`ilishlar o`tkazishni taqiqlash, zarur hollarda yig`ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o`tkazish;

 

➖ ommaviy tadbirlar o`tkazishni taqiqlash;

 

➖to`yxonalar, tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan)  

va kompyuter o`yinlari markazlari faoliyatini taqiqlash;

 

➖oilaviy tantana, to`y, ma`raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o`zida 30 kishidan ko`p bo`lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya  

va gigiena talablariga qat`iy rioya etgan holda o`tkazish;

 

➖ 65 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda surunkali kasalligi mavjud shaxslarning “o`zini o`zi yakkalash” hayot tarzida yashashini tavsiya etish va ogohlantiruvchi targ`ibot ishlarini amalga oshirish;

 

➖yo`nalishsiz taksilarda yo`lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o`rindig`i yo`lovchilar o`rindig`idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to`silgan bo`lishi, haydovchi va yo`lovchi tibbiy niqobda bo`lishi (tibbiy niqobsiz yo`lovchini tashish taqiqlanadi), yo`lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o`rindig`iga o`tkazilishi hamda faqat o`z (avtotransport vositasi davlat ro`yxatidan o`tkazilgan) hududida harakatlanish.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1