AsosiyShou-biznes

Ali Otajonov: "Birorta filmning moddiy tomoniga aralashmaganman"

20 dekabrdan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida “Meni kechir” nomli film namoyishi boshlanishini eshitib, filmda bosh qahramon rolini gavdalantirgan Ali Otajonovni suhbatga tortdik.

—Film haqida qisqacha to`xtalsanggiz.

—Film Melodrama janrda suratga olingan bo`lib, unda salbiy rolni ijro qilganman. Ya`ni ayoliga berahm, xiyonat qiladigan erkak rolida namoyon bo`laman.  Bu filmning tarbiyaviy ahamiyati juda ham yuqori va pul ishlash uchun ishlangan film emas deb bemalol ayta olaman. Bunga premera kuni o`zingiz baho berishingiz mumkin.

—Film senariysi hayotinggizdan andoza olinganmi?

—Filmning  hayotimga aloqasi yo`q.

—Bugun ko`pgina xonandalar filmlarda rol o`ynash  uchun rejissyorlarga pul taklif qilishyapti,  mazkur filmning  moddiy tomoniga qanchalik aloqanggiz bor?

—Bu men o`ynagan ettinchi film bo`lsa, shu vaqtgacha birorta filmning moddiy tomoniga aralashmaganman, rejissyorlarga pul berib kinoga ham tushmaganman. Ilk “Ayriliq” filmimdan so`ng menga takliflar ko`paydi. Yaqinda Instagramda bir muxlis menga “Endi siz qolgan edingiz ashula aytmagan” deya sharh qoldiribdi. Demakki, ko`p muxlislar meni xonanda emas aktyor deb bilayotgan ekan. Nima bo`lganda ham ikkala sohada ham ijod qilishdan charchamaymiz.

    Boshqa yangiliklar