1

COVID-19 ning og`ir formasini boshidan kechirayotgan bemorlar hayotini saqlab qolayotgan arzon dori ma`lum qilindi

Salomatlik 04.09.2020, 10:23
COVID-19 ning og`ir formasini boshidan kechirayotgan bemorlar hayotini saqlab qolayotgan arzon dori ma`lum qilindi

Barchaning sotib olishga imkoniyati etadigan darajada arzon bo`lgan steroid nomli organik birikma COVID-19 ning og`ir alomatlaridan aziyat chekayotgan bemorlarning o`lim xavflarini keskin tarzda tushirishi aniqlandi. Bu haqda xorijiy OAVga asoslanib, Tarjumon yozdi.

Britaniyaning Bristol universitetida olib borilgan tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha, yallig`lanishga qarshi ishlatiladigan steroidlardan biri bo`lgan gidrokortizon moddasi koronavirus tufayli og`ir ahvolga tushib qolgan bemorlarning o`lim xavfini 31 foizga kamaytiradi.

Shuningdek, mazkur ilmiy izlanishlarda yana ikkita yallig`lanishga qarshi dori vositasi koronavirusdan jiddiy aziyat chekayotgan bemorlarning hayotdan ko`z yumish darajasini 20 foizga kamaytirishi aniqlandi.

Bundan oldingi tadqiqotlarda ham gidrokartizon va tarkibida steroid moddasi bo`lgan boshqa dorilar COVID-19 ning og`ir shaklini boshidan o`tkazayotgan bemorlarni davolashda samarali ekani ta`kidlangandi. Lekin, aynan shu izlanishlar bu turdagi dorilarni o`rganishdagi eng batafsil tadqiqot bo`ldi.

“Steroidlar arzon va barchaning sotib olishga imkoni mavjud bo`lgan dorilardir. Bizning tahlillarimiz shuni tasdiqladiki, steroidlar COVID-19 dan eng ko`p qiynalayotgan bemorlar orasidagi o`lim hollarini kamaytirishda samaralidir” deydi Bristol universiteti professori Jonatan Sterne.

Oksford universitetining epidimologiya bo`yicha professori Martin Landreyining ayitishicha, sinovlardan o`tkazilgan gidrokartizon va boshqa steroidlar arzon va barcha uchun etarli darajada ko`pdir.

“Bu turdagi dorilardan bir necha o`n yillardan beri foydalanilib kelinadi. Steroidlar shunday dorilarki, tibbiyot sohasidagi har qaysi talaba dorilar bo`yicha kitobni ochishi bilanoq ularni o`rganib oladi” deydi Landrey.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1