1

Rossiyalik 15 yoshli qiz otasini pichoqlab o`ldirdi

Dunyo 18.12.2015, 11:09
Rossiyalik 15 yoshli qiz otasini pichoqlab o`ldirdi

Podmoskovedagi Istra shahrida yashovchi 15 yoshli maktab o`quvchisi o`zaro janjaldan so`ng otasini pichoqlab o`ldirdi, onasini esa jarohatladi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Jinoyatni sodir etishda qizning 18 yoshli sevgilisi ham ishtirok etgan.

Tergov-surishtiruv ishlaridan ma`lum bo`lishicha, 16 dekabr kuni kechki payt 46 yoshli erkak va uning 15 yoshli qizi o`rtasida janjal kelib chiqqan. Shundan so`ng qiz  sevgilisiga qo`ng`iroq qilgan.  Telefondagi suhbat jarayonida yigit va qiz xonadondagi ota, ona va qizning opasi-ularning hammasidan qutulmoqchi bo`lgan.

 “Oila a`zolari uxlab qolgach, qiz sevgilisini ichkariga kiritadi va ular ota-onaga tashlanadi. Qizning opasi esa noma`lum sabablarga ko`ra omon qolgan”, — deyiladi xabarda. Qiz va yigit voqea joyidan qochib ketgan.

Qizning otasiga 30 marta pichoq bilan zarba berilgan, u o`sha paytdayoq vafot etgan. Uning onasi ham hushsiz bo`lgan, shifokorlar uning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo`lgan.

Hozirda qotillik holati bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1