AsosiyJamiyat

Xorijdan ish izlayotganlarni aldagan yana bir xususiy bandlik agentligi yopildi

'Xorijdan ish izlayotganlarni aldagan yana bir xususiy bandlik agentligi yopildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda va internet nashrlarida xorijga ishga ketish istagidagi bir guruh fuqarolarning “International job organization xususiy bandlik agentligi” xususiy bandlik agentligi tomonidan aldangani va tashkilot rahbarlariga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgani haqida xabarlar tarqaldi.  

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining bayonotida, mazkur xususiy bandlik agentiligiga O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2019 yil 18 aprel kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan №0058 raqamli lisenziya berilgan. Biroq u o`z faoliyati davomida birorta O`zbekiston Respublikasi fuqarosini qonuniy mehnat qilish uchun xorijga jo`natmagan.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga fuqarolar tomonidan norozilik mazmunidagi ko`plab murojaatlar kelib tushgani sababli ushbu holat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ma`lum qilingan hamda lisenziyasi 2020 yil 24 aprel kuni 10 kunga to`xtatilgan. Mazkur qarorda xususiy bandlik agentligi rahbariyatiga 6 may kunigacha muammolarni hal qilish bo`yicha topshiriqlar berilgan.  

Biroq, qayd etilgan muammolar bartaraf etilmaganligi sababli joriy yil 7 may kuni “International job organization” xususiy bandlik agentligi lisenziyasi Vazirlikning tegishli qarori asosida bekor qilingan.

Agentlik uu o`rinda fuqarolardan xorijda ishlash bo`yicha shartnomalar tuzayotganda xizmat ko`rsatuvchi va ish beruvchi tashkilotlarning imkoniyatlari, mehnat sharoitlari, ish haqi miqdori kabi masalalarni atroflicha o`rganishlarni tavsiya qilmoqda.

Muammoli vaziyatlarda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga 71 202-33-55 telefon raqami orqali murojaat qilish so`ralmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar