1

Prezident Obama Rojdestvoni qaerda o`tkazishini ma`lum qildi

Dunyo 18.12.2015, 12:51
Prezident Obama Rojdestvoni qaerda o`tkazishini ma`lum qildi

AQSh Prezidenti Barak Obama bugun 18 dekabr kuni Rojdestvo ta`tilini o`tkazish uchun Gavayi orollariga jo`nab ketadi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

“18 dekabr kuni Prezident oilasi bilan Gonoluluga jo`nab ketadi. Bayram kunlari davlat rahbarining kun tartibida ommaviy tadbirlarda ishtirok etish rejalashtirilmagan. U o`z oilasi bilan ijaraga olingan shahar tashqarisidagi uyga 19 dekabr kuni tongda etib boradi” — deyiladi xabarda.

Ma`lumotlarga ko`ra, AQSh Prezidenti bugun Oq uyda an`anaviy yillik matbuot anjumanini o`tkazadi. Shundan so`ng u San-Bernardino shahriga tashrif buyuradi va 2 dekabrda yuz bergan teraktlarda halok bo`lganlarning oila a`zolari bilan uchrashadi.

AQSh Prezidenti Rojdestvo ta`tilini 2008 yildan boshlab o`zi tug`ilib o`sgan Gonolulu shahrida o`tkazadi. Davlat rahbari ta`til mobaynida golf o`ynaydi, dayving bilan shug`ullanadi, oilaviy sayrga chiqadi va bolalikdagi do`stlari bilan uchrashadi.   

O`tgan yili bayram arafasida Barak Obama oila a`zolari uchun bayram sovg`asi tanlashga qiynalishi haqida gapirib bergan edi. Uning rafiqasi Mishel Obama Prezidentning sovg`alaridan mamnun bo`lishi, shu bilan birga u sovg`a qilgan kiyimni hech qachon kiymasligini ham aytib o`tgan edi. Qizlariga sovg`a tanlashda davlat rahbari unchalik qiynalmaslini bildirib, Maliya-kinoga, Sasha esa kitoblarga qiziqishini bildirgan edi.

Eslatib o`tamiz, Barak Obama Gonolulu shahrida tug`ilib o`sgan. Olti yoshligida ota-onasi bilan Indoneziyaga ko`chib ketadi, 1971 yilda esa u yana Gavayi orollariga keladi va o`qishi tugagunga qadar bobosi va buvisi bilan birga yashaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1