Jurnalist Shoira Raufboeva o`zining Facebook ijtimoiy tarmog`idaga sahifasida Yodgor Sa`dievning rafiqalari Zaylixon Sa`dievaning vafoti munosabati bilan shunday hotira so`zlarni yozdi.
“Yodgor Sa`dievning turmush o`rtoqlari haqida davralarda gap ketganda Zaylixon opaning shu gapini tez-tez eslab turaman. Bu gapni opa menga Yodgor aka haqida "Tungi mehmon" degan kursatuvimda olgan intervyuda aytgan edilar. O`shandan keyin Zaylixon opa bilan tadbirlarda ko`rishib turardik. U nafaqat taniqli sanatkor va sevimli aktyorning rafiqasi,balki do`sti, hamdardi, hamfikri ham edi. U Yodgor akani ayol ko`ngli bilan muxlisalaridan rashk qilsada, aql-farosati bilan uni xalqning mehr-muxabbati bilan bo`lisha oladigan oqila ayol edi. Nafaqat tashqi ko`rinishi, balki ko`ngli ham go`zal ayol edi. Zaylixon opa taqdir unga haet yo`llarida kimni hamroq qilganini yaxshi anglar, turmush o`rtog`ini barcha holatlarda ham qo`llab-quvvatlashga tayer inson edi. Uni sevardi. Ha, bu so`zni barcha mubolag`alardan holi tushunishingizni istardim. Biz buni Yodgor akaga bo`lgan munosabatidan anglardik. U Yodgor akani sevardi. Shuncha yillik turmushdan keyin, bu tuyg`uni toza saqlab qolish hammaga ham emas. Turmush o`rtog`i haqida "Sebzorlik yigit" deya kitob bitgan ayol - u birinchi edi. "Shunday sanatkorning muxlisalari bo`lmasa bo`ladimi?" U bu taskin so`zlarni avvalo o`zi uchun , keyin esa "Turmush o`rtog`ingiz juda mashhur..sevimli...uni rashk qilmaysizmi"-deya ochiq turgan yarasiga bot-bot "tuz" sepadigan menga o`xshagan "jurnalistchalar" uchun o`ylab topganini bugun mana endi tushundim. Ham didli, farosatli shunday ayol, 14 yoshida shu yigitga maftun bulganu, bir umr unga bo`lgan tuyg`usini saqlab qola olgan ayol endi oramizda yo`q. Taqdirning bu sinovini aqlim bilan qabul qilsamda, ko`nglim bilan kelisha olmayapman. Yodgor akani o`sha hovlida Zaylixon opasiz ko`rish menga og`ir. Yodgor akaga, ularning farzandlariga aytish lozim bulgan taskinlarni kechadan beri o`zimga aytayapman... Bandalik, Hudo sabr bersin, joylari jannatdan bo`lsin, shundoq ayol..."





