AsosiyJamiyat

1-sinf o`quvchilariga “Prezident sovg`asi” topshiriladigan kun ma`lum bo`ldi

'1-sinf o`quvchilariga “Prezident sovg`asi” topshiriladigan kun ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilda ham odatdagidek 1-sinf o`quvchilari uchun “Prezident sovg`asi” topshiriladi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi O`zAga ma`lum qildi.

Maxsus komissiya qaroriga binoan, pandemiya sharoitini hisobga olib maktablarda yangi o`quv yilining birinchi kuni 14 sentyabr etib belgilandi. Maktablarda ayni shu kuni 650 mingga yaqin o`quvchiga “Prezident sovg`asi” topshirilishi rejalashtirilgan.

1-sinf o`quvchilariga beriladigan “Prezident sovg`asi” tarkibidan 12 turdagi o`quv qurollari, jumladan portfel, daftarlar, rasm daftari, akvarel bo`yoqlari, rangli qog`oz, qalamdon, sharikli ruchka, rangli va oddiy qalamlar, plastilin, elim va o`chirg`ich o`rin olgan.

Shuningdek, vazirlikning O`zAga ma`lum qilishicha, “Prezident sovg`asi” o`qishning an`anaviy yoki masofaviy shaklini tanlaganidan qat`i nazar, barcha o`quvchilarga beriladi. Bunda “Prezident sovg`asi” masofaviy o`qishni tanlagan 1-kurs o`quvchilarining ota-onalariga topshiriladi.

    Boshqa yangiliklar