1

Chilonzorlik zo`ravon vahshiylarcha o`ldirilgani rostmi?

Jamiyat 10.09.2020, 11:32
Chilonzorlik zo`ravon vahshiylarcha o`ldirilgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigitning uy tomida bo`ynidan osilgan holatda jon bergani aks etgan surat tarqalmoqda. Ushbu surat ostida esa u poytaxt Toshkentning Chilonzor tumanida yashagani, bezori va zo`ravon bo`lgani, oxir-oqibat o`zi ham vahshiylarcha o`ldirilgani haqida izohlar tarqalmoqda. 

Qalampir sayti to`plagan ma`lumotlarga ko`ra, ushbu voqea Ozarbayjonning Ganja shahri, Nizomiy rayonida tushirilgan. 

Joriy yilning 18 iyul kuni ozarbayjonlik sportchi Kamron Qosimov yashash uyining tom qismiga chiqib, o`z joniga qasd qilgan. Bir necha kun o`tib uning jasadi osilgan holatda topilgan. 

Holat bo`yicha Ozarbayjon Respublikasi Jinoyat kodeksining 125-moddasi (Qotilliy yoki o`z joniga qasd qilishga urinish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Sud-tibbiy ekspretizasi natijalariga ko`ra, Kamron Qosimov 16 iyul kuni o`z joniga qasd qilgan. Jasad ikki kun o`tib topilgan.

Qayd etilishicha, u biroz avval turmush o`rtog`idan ajrashgan. Undagi psixologik zo`riqishlar o`z joniga qasd qilishiga sabab bo`lgan bo`lishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1