1

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga hujjatlar qabuli va imtihonlar qanday shaklda bo`ladi?

Jamiyat 10.09.2020, 11:56
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga hujjatlar qabuli va imtihonlar qanday shaklda bo`ladi?

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikasiya texnologiyalari yo`nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga 2020/2021 o`quv yili uchun 5-9 sinflarga o`quvchilar qabuli boshlanganligini e`lon qiladi. Bu haqda saytimizga Ixtisoslashtirilgan maktablar bilan ishlash bo`limi bosh mutaxassisi Sherzod XUDOYQULOV xabar berdi...

                                  ONLAYN HUJJAT TOPShIRIShDA NIMALAR TALAB ETILADI?

(Yuklanishi lozim bo`lgan hujjatlar)

  1. Tug`ilganlik haqida guvohnoma (rangli skaner, pdf - 10Mb oshmagan holatda);
  2. O`quvchining 2019-2020 o`quv yilini matematika, fizika   va ingliz tili fanlaridan “5” baholarga va boshqa fanlarni yaxshi “-5” va   “4” baholarga bitirganligini tasdiqlovchi tabel maktab direktori tomonidan tasdiqlangan bo`lishi kerak (rangli skaner, pdf-10Mb oshmagan holatda).
  3. 3/4 rasm (jpg/png/jpeg-formatida).

                                                   

                                                              NEChTA O`QUVChI SARALAB OLINADI?

— Bu yil kvota bo`yicha 5-sinfga 120, 6-sinfga 60, 7-sinfga 60, 8-sinfga 60, 9-sinfga 30, jami 330 nafar o`quvchi tanlov asosida saralab olinadi.

Hujjatlar 2020 yil 10 sentyabr kuni soat 08:00 dan 20 sentyabr  kuni soat 24:00 gacha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikasiya texnologiyalari yo`nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning www.ictschool.uz rasmiy veb-sayti orqali faqat onlayn qabul qilinadi.

 21-24 sentyabr (4 kun)har bir o`quvchiga ID raqam onlayn shaklda yuboriladi.

                                                IMTIHONLAR NEChTA BOSQIChDA O`TKAZILADI?

— Imtihonlar 2 bosqichda o`tkaziladi:

1-bosqich: 25-29 sentyabr kunlari onlayn test sinoviva onlayn mantiqiy masalalar echish;

2-bosqich: 5-7 oktyabr kunlari ZOOM dasturi orqali onlayn suhbat.

Imtihonlarni o`tkazish tartibi:

1-bosqich matematika va ingliz tili fanlaridan onlayn test sinovi va onlayn mantiqiy masalalar echish.

  • 5-sinf uchun 25 sentyabr,
  • 6-sinf uchun 26 sentyabr.

1-bosqich matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan onlayn test sinovi va  onlayn mantiqiy masalalar echish.

7 sinf uchun 27 sentyabr, 

8 sinf uchun 28 sentyabr,

9 sinf uchun 29 sentyabr. 

Birinchi bosqichda jami ishtirokchilardan 1 o`ringa 3 nafargacha talabgor o`quvchilar saralab olinadi. 

Birinchi bosqichda 5-sinf uchun 360, 6-sinf uchun 180, 7-sinf uchun 180, 8-sinf uchun 180, 9-sinf uchun 90 nafar, jami 990 nafar yuqori ball olgano`quvchi ikkinchi bosqich imtihoniga o`tkaziladi. 

2-bosqich: 

Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o`tgan o`quvchilar uchun ularning sinflaridan kelib chiqib, matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan ZOOM dasturi orqali onlayn suhbat o`tkaziladi:

  • 5 sinf uchun 5 oktyabr, 
  • 6-7 sinf uchun 6 oktyabr,
  • 8-9 sinf uchun 7 oktyabr.

Ikkinchi bosqich imtihonida ingliz tili fanidan 1 ta mavzu bo`yicha o`qish, tarjima qilish va suhbatlashish mahorati sinovdan o`tkaziladi, matematika va fizika fanlaridan esa 2 tadan misol ishlanadi.

                      IMTIHON SINOV JARAYoNLARINING NAZORAT QILISh TARTIBI QANDAY?

  • Test jarayoni real vaqt oralig`ida o`quvchiga bir marta topshirish imkonini berish orqali nazorat qilinadi;
  • Suhbat jarayonida bir o`quvchiga – jami 3 nafar xodim jalb qilinadi, onlayn suhbat – imtihon jarayoni yozib olinadi.

Imtihon sinovlari Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, o`qituvchi mutaxassislari tomonidan o`tkaziladi. Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda birinchi bo`lib Toshkent shahridagi Amiti universiteti va Toshkent shahridagi Inha universiteti 2020-2021 o`quv yillari uchun kirish imtihonlarini to`liq onlayn shaklda amalga oshirilgan.

MA`LUMOT UChUN:

2020 yil 10 sentyabr kunidan boshlab, ota-onalar va murojaatchilarga qulaylik yaratish maqsadida 1206 qisqa raqamli Call-center tashkil etiladi. 

                                                                                                                                               Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1