2020 yil 10 sentyabr soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 45 473 (+313) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 269 nafari Toshkent shahrida, 35 nafari Toshkent viloyatida hamda 9 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 61 yoshli X.F. (erkak) hamda Ohangaron shahrida yashagan 46 yoshli S.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 176 nafar, Toshkent viloyatida 82 nafar, Samarqand viloyatida 11 nafar, Namangan viloyatida 10 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida yana 5 nafar, Andijon viloyatida 4 nafar, Qashqadaryo viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 1 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 42 509 (+297) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 594 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






