AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 700 dan ortiq profilaktika inspektori koronavirus yuqtirib olgan

'O`zbekistonda 700 dan ortiq profilaktika inspektori koronavirus yuqtirib olgan'ning rasmi

O`zbekistonda 700 dan ortiq profilaktika inspektori koronavirus yuqtirib olgani ma`lum bo`ldi

IIV huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig`i polkovnik Baxtiyor Berdialiev profilaktika inspektorlarining pandemiya davrida ko`rsatgan fidoyiliklari haqida aytib o`tdi.

«Profilaktika inspektorlarini nafaqat mahallada, balki butun jamiyatimizda tutgan o`rni beqiyos. Hamisha xalqimizning yonida turadi.

Misol uchun, pandemiya paytida birinchi qurilgan Toshkent viloyatidagi kasalxonani qo`riqlashga profilaktika inspektorlari mas`ul bo`ldi. Hech kim vazifasini tashlab qochgani yo`q. Yonida sherigi koronavirus bo`lganini bilib turib, qimirlagani yo`q. Shu paytgacha bizga meni almashtiring, degan birorta bildirgi kelib tushmadi.

Bundan tashqari, butun Respublika bo`ylab karantinga olingan uylardagi qo`riqlovni ham aynan profilaktika inspektorlari amalga oshirdi. Kerak bo`lsa, etkazib berish xizmatlarini ham bajardi», — dedi IIV rasmiysi.

Baxtiyor Berdialievning so`zlariga ko`ra, xizmat vaqtida 740 nafar profilaktika inspektori koronavirus tashxisi bilan yotib chiqqan. Hozirgi vaqtda kasalxonada 77 nafar xodim davolanmoqda.

    Boshqa yangiliklar