1

"O`zbekiston" nashriyotida “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo`llanmasi chop etildi

Jamiyat 11.09.2020, 12:20
"O`zbekiston" nashriyotida “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo`llanmasi chop etildi

 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetida bo`lib o`tgan “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo`llanmasining taqdimotida mazkur mavzularda batafsil so`z yuritildi. Bu haqda Qurilish vazirining ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish,  davlat tili to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta`minlash masalalari bo`yicha maslahatchisi Umida Boyzoqova xabar berdi.

“O‘zbekiston nashriyoti” davlat unitar korxonasida nashr qilingan ushbu kitob – 4 bob, 528 sahifadan iboratdir.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan O`zbekiston Respublikasi 
Fanlar akademiyasi O`zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bilan hamkorlikda chop qilingan “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo`llanmasi qayta to`ldirilgan 9-nashrdir.

Ushbu kitobda tashkilot va muassasalarning ish yuritish faoliyatida eng ko`p qo`llanadigan hujjatlar, ularni tuzish tartib qoidalari masalalariga urg`u berilgan, mazkur hujjatlar tegishli namunalar bilan ko`rsatilgan, shuningdek, ish yuritishga oid lug`atlar kiritilgan.

Qo`llanma birinchi navbatda, tashkilotlar rahbarlari va xodimlariga, boshqaruv faoliyatida bevosita hujjat ustida ishlovchilar, kotib-referentlar, kadrlar xizmati xodimlariga mo`ljallangan, shuningdek undan hisobchilar, adliya maslahatchilari, auditor, menejerlar ham foydalanishlari mumkin.

Yangi nashr taqdimotida so`z chiqqanlar, mazkur to`plamning bugungi kundagi zarurati va ahamiyati xususida batafsil to`xtalib, uning davlat tili nufuzini oshirishdagi muhim qadam ekanini alohida e`tirof etishdi. 

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti bo`lim mudiri Shahobiddin Musaev, mazkur yangi nashr bugunga qadar qariyb 4 mingdan ortiq nusxada chop etilib, ko`plab davlat tashkiloti va muassasasalariga bepul tarqatilgani, kelgusida talab va extiyojga qarab yana nashr etilishini ma`lum qildi. 

Ma`lumot o`rnida: Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan yaqinda 5 jilddan iborat “O`zbek tilining izohli lug`ati” ham chop etilgandi. Shuningdek, Davlat tilini rivojlantirish departamenti O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi bilan hamkorlikda “O`zbekiston Respublikasi geografik ob`ektlari nomlarining davlat tilida yozilishi yo`riqnomasi” hamda “Qoraqalpog`iston Respublikasi geografik ob`ektlari nomlarining o`zbek tilida yozilishi yo`riqnomasi” kabiamaliy qo`llanmalarini ham tayyorladi. 

Tadbirda departament rahbariyati bu boradagi ezgu ishlar to`xtab qolmasligi, joriy yil yakuniga qadar 10 dan ortiq shu yo`nalishdagi kitoblar chop etilishi rejalashtirilganini bildirdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1