1

Endi tibbiy tekshiruv komissiyalariga murojaat qiluvchi nogironlar xulosani 10 kunda oladi

Jamiyat 11.09.2020, 13:48
Endi tibbiy tekshiruv komissiyalariga murojaat qiluvchi nogironlar xulosani 10 kunda oladi

“Nogironligi bo`lgan shaxslarning huquqlari to`g`risida”gi Qonun senatorlar tarafidan ma`qullandi.  

-- Qonun kuchga kirishi bilan tibbiy tekshiruv komissiyalari faoliyati takomillashadi, murojaat qiluvchi 10 kalendar kunida xulosani oladi. Tibbiy tekshiruvlar bepul amalga oshiriladi.  Nogironligi bo`lgan shaxslar  ambulator va stasionar rejimida imtiyozli davolanadi. Protez-ortopediya anjomlariga bo`lgan ehtiyojlari qondiriladi, deb sharh qoldirdi Senat raisi Tanzila Narbaeva o`zining telegramdagi kanalida.

Nogironligi bo`lgan shaxslar uchun binolarga kirib-chiqish uchun maxsus yo`lakchalar, panduslar, jamoat transportida maxsus o`rindiqlar, tushib-chiqish uchun bekatlarda ularga sharoitlar yaratiladi. Ular uchun ta`lim olishning barcha bosqichlarida qulayliklar ko`zda tutiladi. Kasb-hunarga o`rgatish, kollej va texnikumlarda ta`lim olishlari davlat hisobidan ta`minlanadi. Oliy ta`limda jami kontingentning 2 foizi miqdorida davlat grantlari ajratiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1