1

Ilk internet sayt ishga tushganiga 25 yil to`ldi

Hi-tech 21.12.2015, 16:16
Ilk internet sayt ishga tushganiga 25 yil to`ldi

 Internetdagi ilk sayt 1990 yil 20 dekabrda ishga tushirilgan.

“Lenta.ru”ning xabar berishicha, internet sayti dastlab keng ommaga mo`ljallanmagan bo`lgan. Uning dastlabki foydalanuvchilari yadroviy tadqiqotlar bo`yicha Evropa tashkiloti xodimlari bo`lgan.

Sayt ma`muriyati o`zlarining yangi ixtirosi mohiyatini olim Tim Berners Li orqali jamoatchilikka tushuntirib berdi. Unda ma`lumotlarni tezlik bilan almashish imkonini beruvchi World Wide Web (WWW) loyihasining maqsadi va vazifalari o`z aksini topgan edi.

Berners-Li 1990 yil 12 noyabr kuni WWW loyihasining rasmiy vakili sifatida  rahbariyat tomonidan ish ko`rib chiqilishi jarayonida ishtirok etgan. Olim WWW konsepsiyasini yaratishdan tashqari hozirgi butunjahon “o`rgimchak to`ri” asosini tashkil etuvchi URL identifikatori, HTTP protokoli va HTML tilini  yaratishda ham o`z hissasini qo`shgan.

Uning hozirgi maqsadi internetni senzuradan xalos etish hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1