1

2021 yil 1 martga qadar avtomatlashgan tizimni to`liq ishga tushirish lozim — Prezident “Hududiy elektr tarmoqlari”ga topshiriq berdi

Siyosat 14.09.2020, 20:10
2021 yil 1 martga qadar avtomatlashgan tizimni to`liq ishga tushirish lozim — Prezident “Hududiy elektr tarmoqlari”ga topshiriq berdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 14 sentyabr kuni elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish hamda nazorat qilish masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Yig`ilishda elektr energiyasi hamda tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini to`liq joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, bu maqsadlar uchun qariyb 1,2 milliard dollar mablag` yo`naltirilmoqda.

– Bu mablag`larning natijadorligi va qaytimi faqatgina hisoblagichlarni o`rnatish bilan hal bo`lib qolmaydi. Iste`molchi sarf qilgan energiya resursi hajmini bilish bilan tizimdagi yo`qotishlar va o`g`irliklarga chek qo`yib bo`lmaydi. Buning uchun “energiyani ishlab chiqaruvchi – magistral tarmoqlar – taqsimlash tarmoqlari – iste`molchi” jarayonlarining har bir zanjirini qamrab oluvchi yaxlit onlayn tizimni yaratish kerak, – dedi davlat rahbari.

Hamma joyda hisoblagichlar o`rnatish, ularga xizmat ko`rsatadigan servislar tashkil etib, uzluksiz ishlashini ta`minlash, malakali kadrlar tayyorlash muhimligi ta`kidlandi.

Hokimlar, sektor rahbarlari, mahalla faollari aholi bilan har kuni ishlab, qarzdorlikni vaqtida to`lash, tarmoqqa noqonuniy ulanishlarning oldini olish bo`yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirishi lozimligi aytildi.

Bugungi kunda joylarda qariyb 4 million dona elektr energiyasi hisoblagichi o`rnatilib, shundan 2 milliontasi yagona elektron bazaga ulangan. Yig`ilishda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga yil yakunigacha yana 3,5 million dona elektr hisoblagich o`rnatib, 2021 yil 1 martga qadar avtomatlashgan tizimni to`liq ishga tushirish vazifasi qo`yildi.

Shuningdek, yirik iste`molchi va tadbirkorlik sub`ektlari, taqsimlash punkti hamda transformatorlarga elektron hisoblagichlar o`rnatib, ularni ham yagona elektron bazaga ulash bo`yicha topshiriq berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1