1

"Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida" gi qonunga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida"gi Qonun loyihasi birinchi o`qishda qabul qilindi

Siyosat 15.09.2020, 13:44
"Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida" gi qonunga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida"gi Qonun loyihasi birinchi o`qishda qabul qilindi

Qonunchilik palatasida "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida" gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida"gi Qonun loyihasi birinchi o`qishda qabul qilindi.  Bu haqda Rasul Kusherbaev o`z kanalida ma`lum qildi.

Qonun loyihasida xususan quyidagilar belgilanmoqda:  

- har bir shaxsning diniy ta`lim muassasalarida professional ta`lim olish, shuningdek, ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar tomonidan o`z farzandlariga diniy amaliyot asoslari va odob-axloq qoidalarini (uy sharoitida ta`lim berish) o`rgatish huquqini berish;  

-diniy tashkilotlar mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) bo`yicha sudga murojaatlar qilganda davlat bojini to`lashdan ozod etish;  

-diniy tashkilot ro`yxatdan o`tish jarayonida mahalla ishtirokini bekor qilish;  

- mahalliy diniy tashkilotni ro`yxatdan o`tkazish uchun talab qilinadigan shaxslar sonini 100 tadan 50 tagacha qisqartirish;  

-fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo`l qo`ymaslik talabini bekor qilish.  

Qonun loyihasi uchta o`qishda ko`rib chiqilib, deputatlar tomonidan ma`qullangan taqdirda Senatga yuboriladi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1