1

Xorijda mehnat qilayotgan vatandoshlarimizga munosib sharoit yaratish masalasi yuzasidan O`zbekiston delegasiyasi Rossiyaga boradi

Siyosat 15.09.2020, 20:02
Xorijda mehnat qilayotgan vatandoshlarimizga munosib sharoit yaratish masalasi yuzasidan O`zbekiston delegasiyasi Rossiyaga boradi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig`iga binoan, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarimizga munosib shart-sharoitlar yaratish va ular bilan tizimli ishlash bo`yicha chora-tadbirlar ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi 2020 yil 16-29 sentyabr kunlari Rossiya Federasiyasiga yuboriladi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Delegasiya tarkibi quyidagicha:

1. Xayriddinov Mexriddin Akmalovich - Bosh vazir maslahatchisi - Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshlig`i;

2. Muxitdinov Erkin Madorbekovich - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o`rinbosari;

3. Egamberdiev Abdujabbor Xusanovich - Andijon viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish iqtisodiy masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari;

4. Pardaev Rustam Ubodullaevich - Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish iqtisodiy masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari;

5. Urakov Jamshed Rajabovich - Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish iqtisodiy masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari;

6. Sa`dullaev Alisher Zafarovich - Yoshlar ishlari agentligi direktori;

7. Umarov Xayrulla Saydullaevich - Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi boshlig`i o`rinbosari;

8. Botirjonov Otabek Botirjonovich - Vazirlar Mahkamasining Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti bosh mutaxassisi.

Hukumatning tegishli farmoyishi bilan, Moliya, Transport, Tashqi ishlar vazirliklari, O`zbekistonning Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi hamda boshqa mas`ul idoralarga delegasiya safarini tashkil qilish bo`yicha topshiriqlar belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1