AsosiySport

“Paxtakor” yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi

Chempionat yakunlanganidan so`ng ta`tilga chiqqan jamoamiz 20 dekabrdan yangi mavsumga tayorgarlikni boshladi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti. 

Kecha 20 dekabr kuni murabbiylar shtabi boshchiligida mavsumoldi birinchi mashg`ulotlari bo`lib o`tdi. Ushbu mashg`ulotlarda olimpiya terma jamoasi bilan BAAda yig`in o`tkazayotgan futbolchilardan tashqari barcha o`yinchilar qatnashdi.

Mashg`ulotlar 29 dekabrga qadar davom etadi. Bugun futbolchilarimiz tibbiy ko`rikdan o`tadi.

28 dekabr kuni Toshkent viloyatining “Olmaliq” klubiga qarshi nazorat bahsi bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. O`yin jamoamizning Qibraydagi bazasida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar