Shu yilning 15 sentyabr kuni O`zbekistonda 570 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Samarqand, Namangan, Xorazm, Toshkent, Andijon, Qashqadaryo hamda Farg`ona viloyatlarida 532 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 48 565 nafar bemordan 45 058 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 104 nafar bemordan 483 nafari og`ir, 245 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






