AsosiyHi-tech

"O`zkomnazorat" Telegram'da tarqatilayotgan zararli fayllar haqida ma`lumot berdi

'"O`zkomnazorat" Telegram'da tarqatilayotgan zararli fayllar haqida ma`lumot berdi'ning rasmi

Sentyabr oyi boshida “Telegram”dagi kanallar va guruhlarda fotosurat fayliga o`xshash zararli ilova tarqalgani, internet foydalanuvchilari bu kabi fayllarni yuklab olib o`rnatishi oqibatida, qurilmaning dasturiy ta`minotiga zarar etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.  

Ularda ushbu fayl ochilganidan keyin smatrfon yoki kompyuterdagi ma`lumotlar o`g`irlab olinishi mumkinligi, tizim ishlamay qolishi yoki boshqa texnik xatoliklar yuz berishi haqida ogohlantirilgandi.

O`zkomnazorat inspeksiyasi axborot xizmatining ma`lum qilishicha, SCR kengaytmali fayllar orqali turli dasturlarni yaratish mumkin.  

Odatda, SCR fayllar ularni yaratgan tegishli dasturning ijro qiluvchi fayl skriptlari hisoblanadi. SCR faylni ochish tizimda muayyan buyruqlar ro`yxatining amalga oshirilishiga sabab bo`ladi. Bunday buyruqlar faylda muayyan tartibda joylashadi.

SCR fayllarining aksariyati matnli format shaklida saqlanadi. Ularni matn muharrirlari dasturlari yoki ilovalarida ochish va ko`rish mumkin.  

Bunday fayllarga o`zgartirish kiritish ancha qiyin, sababi ular, ko`pincha, qo`shimcha va o`zgarishlardan himoyalangan bo`ladi.

Ushbu turdagi fayllar yaratilganidan keyin troyan turidagi zararli viruslar va boshqa zararli dasturlar bilan birga ishlay oladi.  

SCR fayl ochilganida, odatda, antivirus dasturlarini ko`p hollarda bloklab qo`yadigan buyruqlar ishga tushadi.  

Virus yozuvini o`zgartirmaslik himoyasi mavjudligi yoki SCRda yashiringan EXE-fayl tufayli antiviruslar, ko`pincha, bunday dasturiy ta`minotni o`chira olmaydi.  

SCR fayli ichiga joylashtirilgan troyanlar va viruslarni topish va o`chirish mushkul bo`lgani sababli axborot xavfsizligi bo`yicha mutaxassislar mazkur shakldagi noma`lum fayllarni ochmaslikni tavsiya qiladilar.

    Boshqa yangiliklar