AsosiyDunyo

2015 yil muhojirlarning uqubatli va fojiali yili sifatida tarixda qoladi

BMT: «Xalqaro hamjamiyat aholining harakatlanishi yuzasidan yangi global shartnomani ishlab chiqishi kerak».

Xalqaro migrantlar kuni munosabati bilan BMT rahbari Pan Gi Mun legal migrasiyaning xavfsiz kanallarini kengaytirishga chaqirdi. Xususan, u oilalarni birlashtirish, barcha darajadagi muhojirlarni malakasiga qarab ish bilan ta`minlashni nazarda tutdi. Bugungi kunda o`zining ona vatanidan tashqarida yashayotganlar soni 232 million kishiga etdi. Shundan 150 millioni ishchi-migrantlar toifasiga kiradi.

Migrantlarning aksariyati og`ir va adolatsiz sharoitlarda yashaydi va ishlaydi. Ko`pchilik hayotini xavfga soladi. «2015 yil tarixga insoniyat uqubati va muhojirlar fojiasi sifatida kiradi. So`nggi 12 oyda 5000 dan ortiq ayollar, erkaklar va bolalar yaxshiroq hayot tarzini topaman deb halok bo`lgan. Yana o`n minglab odamlar odam savdosi bilan shug`ullanuvchilarning qurboniga aylangan», - deydi Pan Gi Mun.

 

    Boshqa yangiliklar