1

Jizzaxda dars vaqtida to`satdan vafot etgan qizning o`limi sababi ma`lum qilindi

Jamiyat 17.09.2020, 15:18
Jizzaxda dars vaqtida to`satdan vafot etgan qizning o`limi sababi ma`lum qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanidagi 11-umumta`lim maktabida o`quv yilining ilk kunida 9-sinf o`quvchisi (qiz bola) dars vaqtida to`satdan vafot etganligi haqida xabar tarqalgan edi. 

Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Marhumaning o`lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi taynlangan.

Dastlabki ma`lumotga ko`ra, marhumaning o`limiga o`tkir nafas yurak-qon tomir etishmovchiligi tez va qisqa vaqt ichida yuzaga kelganligi sabab bo`lgan.

Tekshirish harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1