Allergik yo`tali kuz-bahor oylarida bezovta qiladiganlar koronovirus yuqqanini qanday aniqlasa bo`ladi?

Salomatlik 17.09.2020, 17:48
Allergik yo`tali kuz-bahor oylarida bezovta qiladiganlar koronovirus yuqqanini qanday aniqlasa bo`ladi?

Ushbu savolga AOKA o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan CCV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova quyidagicha javob berdi:

 Allergik yo`tal uzoqrok davom etadi va mavsumiy bo`ladi. Allergiya mavsumiy kasallik bo`lganligi sababli shu davrda bemor o`zining allergolog shifokori bilan maslahatlashib turishi kerak.  

Konovirus kasalligi yo`taldan tashqari bir qator simptomlar bilan kechadi. Masalan, tana harorati ko`tarilishi, mushaklarda og`riqk, nafas qisishi,  ta`m va hid yo`qolishi va hokazolar.  

Agar farzandingizda yo`taldan tashqari shu belgilar namoyon bo`lsa hxududiy poliklinikaga murojaat qiling. Chunki allergiya fonida keladigan koronovirus kasalligi nafas siqishi kabi alomatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun farzandingizda kasallik alomatlari kuzatilsa darhol shifokorga murojaat qiling, dedi Barno Abdusamatova.

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1