1

iPad yozuv mashinkasi bilan uyg`unlashtirildi

Hi-tech 22.12.2015, 16:03
iPad yozuv mashinkasi bilan uyg`unlashtirildi

Amerikaning Qwerkytoys kompaniyasi iPad uchun noodatiy klaviatura yaratdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”. 

Ma`lumotlarga ko`ra, klaviaturaning ko`rinishi yozuv mashinkasi asosida ishlangan. Yangi qurilma QwerkyWriter nomini oldi va uning bahosi 349 dollar etib belgilandi.

Gadjet o`zida retro va zamonaviy uslublarni mujassamlashtirgan. Uning korpusi alyuminiydan ishlangan, klavishlarida esa chuqurroq ko`rinish kasb etgan. Klaviatura orqasida planshetlar uchun mo`ljallangan o`yiq joy bor. 

iPhone`ning yangi avlodi, shuningdek iPad va Apple Watch joriy yilning sentyabr oyida sotuvga chiqarilgan edi.

Apple kompaniyasining ta`kidlashicha, iPad Pro so`nggi olti oy ichida sotuvga chiqarilgan noutbuklarning 80 foiziga nisbatan tezroq ishlaydi, grafika imkoniyatlari bo`yicha esa mazkur uskunalarning 90 foizidan ham ko`ra kuchliroq.  

Bundan tashqari, mazkur planshet uchun maxsus Smart Keyboard klaviaturasi ishlab chiqildi. U qurilmaga Smart Connector texnologiyasi yordamida ulanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1