Hukumatning tegishli farmoyishi (421-F, 17.09.2020y) bilan, 2020 yilning birinchi yarim yilligida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o`sish sur`atlarini ta`minlagani uchun quyidagi tuman hokimlari hamda ularning moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosarlari bir martalik pul mukofoti bilan rag`batlantirildi:
Andijon viloyatining Izboskan va Qo`rg`ontepa tumanlari;
Buxoro viloyatining Romitan tumani;
Namangan viloyatining Norin tumani;
Surxondaryo viloyatinnng Muzrabot va Qumqo`rg`on tumanlari;
Xorazm viloyatining Yangibozor tumani.
Ushbu tumanlar hokimlari 10 mln so`m miqdorida, ularning birinchi o`rinbosarlari 8 mln so`m miqdorida pul mukofoti oladigan bo`ldi. Mazkur rag`batlantirish Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg`armasi mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, mazkur farmoyish bilan 2020 yilning birinchi yarim yilligida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o`tgan yilga nisbatan o`sish sur`atlari ta`minlanmaganligi uchun quyidagi tumanlar hokimi ogohlantirildi, ularning moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosarlariga esa hayfsan berildi:
Buxoro viloyatining Buxoro va Jondor tumanlari;
Namangan viloyatining Yangiqo`rg`on tumani;
Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani;
Samarqand viloyatining Bulung`ur;
Samarqand va Jomboy tumanlari;
Toshkent viloyatining Chinoz va O`rta Chirchiq tumanlari;
Farg`ona viloyatining Dang`ara, Rishton va Yozyovon tumanlari.
2020 yilning yanvar-sentyabr oylari yakunlariga ko`ra sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko`rsatkichlari asosida yuqoridagi ro`yxatda qayd etilgan tuman hokimlari hamda ularning moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosarlari faoliyatiga baho berish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo`lgan jazo choralari qo`llanishi belgilandi.
18.09.2020 14:45
Ayrim tumanlar hokimi hamda birinchi o`rinbosarlari mukofot oldi, ayrimlari esa jazo
