1

Covid-19`dan tuzalgan bemor yana 90 kun virus tarqatuvchi bo`lishi mumkin ekan... Shu rostmi?

Salomatlik 21.09.2020, 12:59
Covid-19`dan tuzalgan bemor yana 90 kun virus tarqatuvchi bo`lishi mumkin ekan... Shu rostmi?

Bugun Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda dolzarb savollar yuzasidan javob qaytarildi.

❓Kovid bilan kasallanib sog`aygan bemorlar yana 90 kun virus tarqatuvchi bo`lishi mumkin ekan. Bu ma`lumot qanchalik rost?

Amerika Qo`shma Shtatlari olimlari tomonidan o`tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko`ra ham KOVID kasalligini o`tkazgan ba`zi insonlar organizmidagi qon tarkibida 90 kungacha virus aylanib yurishi tasdiqlangan.  

Bu davrda inson tarqatuvchi sifatida bo`lib yurishi haqida bir necha olimlar yozmoqda, lekin bu ma`lumotlar to`liq tasdiqlanmagan. Lekin kasallikni o`rta og`ir, og`ir va o`ta og`ir kechirayotgan bemorlar bir oy va undan ko`p muddat kasallik jarayonini kechirmoqdalar, bu inson organizmiga tushgan virus yuklamasi, unga nisbatan organizmning javob reaksiyalariga ham bog`liqdir.

Bugungi kunda, virus tarqatuvchanligi, kasallik organizmda keltirib chiqaruvchi alomatlari, inson organizmining javob reaksiyasi, kasallik asoratlanishi va reabilitasiya jarayoni bo`yicha shifokorlar va olimlar doimiy ravishda izlanishlar olib bormoqdalar.  

☝️Bu esa, yana bir bora, kasallangan bemorlarni alohidalanishi, yaqinlari, farzandlari va ota-onalari bilan borish-kelishni kamaytirishlari, umuman uydan tashqariga chiqishni cheklashlari kerakligini bildiradi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1