AsosiyJamiyat

MIB Yunusobod tuman bo`limi tomonidan 30 kun ichida 333,9 mln. so`m miqdordagi ma`muriy jarimalar undirganligi ma`lum bo`ldi

'MIB Yunusobod  tuman  bo`limi tomonidan  30 kun  ichida  333,9 mln. so`m miqdordagi ma`muriy jarimalar undirganligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

MIB YuNUSOBOD TUMAN BO`LIMI TOMONIDAN 30 KUN IChIDA 333,9 MLN. SO`M MIQDORIDAGI MA`MURIY JARIMALAR UNDIRILDI

Qarzdor fuqarolar tomonidan o`z vaqtida to`lanmagan mamuriy jarimalar, yani, xavfsizlik kamarini taqish, piyodalar yo`lakchasidan o`tish, quvib o`tish, odam tashish, avtotransport vositasida uyali aloqa vositalaridan foydalanish, yo`l belgilari, harakatlanishda tezlik qoidalariga rioya etish, shuningdek, bir qator qoidabuzarliklar yuzasidan ijro hujjatlari MIB Yunusobod tuman bo`limi tomonidan Toshkent shahar IIB YXHBning qarorlariga asosan davlat foydasiga ma`muriy jarima undirish bilan bog`liq ijro hujjatlari ijrosi ta`minlanib kelinmoqda. Joriy yilning o`tgan avgust oyi davomida bo`lim ish yurituviga jami 2.150 ta jro hujjati kelib tushgan. Bo`lim ish yurituvidagi 1.946 ta 333 mln. 994 ming 115 so`m miqdoridagi ma`muriy jarima sumalari davlat foydasiga undirilib, O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan amalda ijrosi ta`minlangan. 9 ta ijro hujjatlari Qonunning 37-moddasiga asosan ijro ishi yurituvi tugatilgan, 22 ta shu turdagi ijro hujjatlari esa Qonunning 25-moddasiga asosan hududiyligi bo`yicha MIBning boshqa tuman bo`limiga yuborilgan. Bundan tashqari, tegishli ogohlantirishlarga qaramasdan davlat ijrochisi belgilagan ixtiyoriy muddatda uzrsiz sabablarga ko`ra o`z vaqtida to`lovlarni amalga oshirmagan qarzdorlarga nisbatan Qonunning 82-moddasiga asosan 61 ta 14.495.000 so`mlik jarimalar qo`llanilib undiruvi ta`minlangan.

Boshqa yangiliklar