1

Bolalar immunitetini ko`tarish uchun nima qilish kerak?

Salomatlik 22.09.2020, 14:48
Bolalar immunitetini ko`tarish uchun nima qilish kerak?

Bugun bo`lib o`tgan brifingda koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ayrim muhim savollarga javaob berdi.

Hozirgi kunda bolalar immunitetini ko`tarish uchun nimalarga e`tibor berishimiz kerak?  

–Ma`lumki, kasallikka chalinmaslik yoki uni engil o`tkazishda immunitet muhim o`rin tutadi. Maktab o`quvchilaridagi immunitet zaifligiga ko`pincha vitaminlar tanqisligi, yomon uyqu va doimiy psixologik stress sabab bo`ladi. Vitaminlar tanqisligini to`g`ri ovqatlanishni tashkil qilish yo`li bilan oldini olish mumkin.  

Maktab o`quvchilari orasida pala-partish ovqatlanuvchi bolalarning soni yildan yilga ortib boryapti. Yarim tayyor fasfud taomlar ko`pincha bolalarga zarur bo`lgan vitamin va minerallarni ovqatdan olishiga to`sqinlik qiladi.  

7 yoshdan 12 yoshgacha bo`lgan davrda bolaning tanasida bir vaqtning o`zida o`sish va o`rganish vazifalarini turganini unutmaslik kerak. Bu esa ota-onadan alohida e`tibor talab etadi.

Bola kuniga kamida 4 marta ovqatlanish kerak. Agar bolada ozg`inlik yoki ortiqcha vazn bo`lsa, shifokor maslahati zarur. Sport bilan shug`ullanadigan o`quvchining ovqatlanishi jismoniy mashqlar hajmini hisobga olgan holda tuzilishi talab etiladi.

Yodlangan tuzni doimiy istemol qilish, suv ichish rejimiga amal qilish va ovqatlanish rasionida vitanimlarga boy bo`lishi kerak.  

A vitamini bilan boyitilgan sabzi va shirin kartoshkani, sitrus mevalari va brokkoli S vitamini hamda gripp va nafas yo`llarining yuqumli kasalliklariga qarshi kurashishda yordam beradigan E vitaminiga boy yong`oqlar, albatta, bolalar rasionida bo`lishi maqsadga muvofiq.

To`g`ri ovqatlanishni tashkil qilishdagi birinchi qadam ovqatlanish madaniyatiga rioya qilishdir. Nonushta, tushlik, kechki ovqat muntazam bo`lishi va jadvalga muvofiq bo`lishi kerak.  

Maktab yoshidagi bolalarining organizmi ma`lum ritmlarga moslashadi. Shuning uchun uxlash, ovqatlanish, o`ynash, yurish va mashq qilish uchun vaqt topish juda muhimdir. Immunitetni yaxshilash uchun bolani yoshligidanoq rejimga ko`niktirish yaxshiroqdir. Turli yoshlarda ertalab turish, tushlik qilish, uy vazifasini bajarish va yotishga tavsiya etilgan vaqt mavjud.  

Kichik maktab yoshidagi bola kechqurun soat 21:00da yotishi va ertalab soat 7:00da turishi kerak, kattaroq o`quvchilar keyinroq, soat 22:00da yotishlari mumkin. To`liq kunlik dam olish immunitetga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Uyqu paytida bola organizmidagi metabolizm tezroq bo`ladi, shuning uchun bolalar bu soatlarda yaxshi o`sadi.

Uydagi ijobiy psixologik mikroiqlim bolalar salomatligining muhim shartidir. Maktab o`quvchisining psixologik holatini barrqarorlashtirishning eng yaxshi usullari bu do`stlar bilan yaxshi muloqatda bo`lish, sevimli mashg`ulotlari bilan shug`ullanish, ota-onalar bilan film tomosha qilish, o`yin o`ynash va sayohat qilish kabilardir.

Xulosa qilib aytganda, maktab o`quvchilarini immuniteti oshirish uchun  to`g`ri ovqatlanish, vaqtida uxlash, kun tartibini to`g`ri tashkil etish va ular bilan dustona munosabatda bo`lish muhim o`rin tutadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1