AsosiyJamiyat

BAA aviakompaniyasi O`zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

'BAA aviakompaniyasi O`zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi hukumati va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari o`rtasida Havo qatnovi to`g`risidagi bitim imzolandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda. 

Bitim  asosida «O`zaviasiya» agentligi tomonidan "AIR ARABIA Abu-Dabi LLC" kompaniyasiga Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi yo`nalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun 2020 yil 9 sentyabrda 3-K sonli Foydalanish ruxsatnomasi berildi.  

Aviakompaniya mazkur yo`nalishda O`zbekistonga parvozlarni Airbus-320-214  havo kemalarida  amalga oshirishini  ma`lum  qildi.

    Boshqa yangiliklar