1

BMT Bosh assambleyasining sessiyasi boshlandi. Unda O`zbekiston Prezidenti qanday tashabbuslarni ilgari suradi

Siyosat 23.09.2020, 18:09
BMT Bosh assambleyasining sessiyasi boshlandi. Unda O`zbekiston Prezidenti qanday tashabbuslarni ilgari suradi

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovning ta`kidlashicha, bugungi sessiya ishida kun tartibidan kelib chiqib, O`zbekiston tomonidan qator muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo`lgan tashabbuslar ilgari suriladi.

-- Xususan, Davlat rahbarining ma`ruzasida ushbu tashabbuslar qatorida “Orolbo`yi — ekologik innovasiyalar va texnologiyalar hududi” nomli BMTning rezolyusiya loyihasi ham bor. 

Mazkur rezolyusiya loyihasi Orolbo`yi hududi aholisining turmush darajasini o`stirish, atrof-muhit holatini yaxshilashga qaratilgan yangi, innovasion va zamonaviy texnologik echimlarni amalga oshirishda investisiyalarni jalb etish hamda hududiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, mazkur tashabbus yashil iqtisodiyot tamoyillarini, ekologik toza, energiya va suvni tejaydigan texnologiyalarni kompleks amalga oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlaydigan texnologiyalarni joriy etish, cho`llanishning oldini olish, ekologik migrasiya va ekoturizmni rivojlantirish masalalarini ham qamrab olgan.

Orol masalasi nafaqat O`zbekistonning, balki jahon miqyosidagi global muammo ekanini inobatga olsak, bu masala naqadar dolzarb ekanini yana bir karra anglaymiz. Shu bois ham bu muammoni hal qilishda xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda, hamjihatlikda harakat qilish maqsadga muvofiqdir, - deydi E. Tulyakov.

Ayni paytda  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi etmish beshinchi yubiley sessiyasi o`z ishini boshladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1