1

Prezident pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to`g`risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etdi

Siyosat 23.09.2020, 18:32
Prezident pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to`g`risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etdi

Avval xabar qilinganidek, Ayni paytda  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi etmish beshinchi yubiley sessiyasi o`z ishini boshladi.

“Bunday global falokat sayyoramizda so`nggi yuz yilda kuzatilmagan edi. Bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol ko`rsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat er yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar o`zaro bog`liq ekanini, o`rtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik o`ta muhimligini isbotladi.

Shu yo`lda barchamiz hukumatlar, parlamentlar va fuqarolik jamiyatlarining o`zaro sa`y-harakatlarini birlashtirish, umumiy mas`uliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro sheriklikni muvofiq holda  rivojlantirish, Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining maqomi va salohiyatini oshirish, vakolatlarini kengaytirish lozimligini chuqur angladik.

Maqsadimiz – har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini,  salomatligi va farovonligini ta`minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir.

Bu borada biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to`g`risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etamiz. Ushbu hujjatda har bir davlatning o`z fuqarolari va xalqaro hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etishi lozim”, deya taklif kiritdi Shavkat Mirziyoev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1