1

Biz Afg`onistonni Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida qabul qilamiz — Shavkat Mirziyoev

Siyosat 23.09.2020, 18:38
Biz Afg`onistonni Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida qabul qilamiz — Shavkat Mirziyoev

Avval xabar qilinganidek, ayni paytda  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi etmish beshinchi yubiley sessiyasi o`z ishini boshladi.

“Biz Afg`onistonni Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida qabul qilamiz. 2018 yil mart oyida o`tkazilgan Afg`oniston bo`yicha oliy darajadagi Toshkent konferensiyasi afg`on muammosini echish uchun xalqaro hamjamiyat sa`y-harakatlarini safarbar etishda yangi bosqich bo`ldi.

Biz joriy yilning sentyabr oyida Doha shahrida afg`on siyosiy kuchlari o`rtasida boshlangan tinchlik muzokaralarini to`la qo`llab-quvvatlaymiz. Bu muzokaralar jafokash afg`on zaminida tinchlik va barqarorlik o`rnatishiga umid qilamiz.

Mintaqada iqtisodiy integrasiya jarayonlariga Afg`onistonni keng jalb etish maqsadida «Surxon – Puli Xumri» elektr uzatish tarmog`ini, Mozori Sharifdan Hind okeani portlariga chiqadigan temir yo`l qurilishi kabi yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga kirishdik.

Fikrimizcha, Afg`onistonda tinchlik va barqarorlik o`rnatish masalalari Birlashgan Millatlar Tashkilotining doimiy e`tibor markazida bo`lib qolishi zarur.

Faqat birgalikda va yaqin hamkorlik orqali biz afg`on xalqining ezgu orzu-umidlarini ro`yobga chiqarishimiz mumkin. Bu borada “Beqaror va vayronkor vaziyatdan – tinchlik va bunyodkorlik sari” degan tamoyil asosida ish olib borish muhimdir.

Shu boisdan Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida afg`on xalqining dardu tashvishini tinglaydigan, doimiy faoliyat ko`rsatadigan qo`mita tashkil etish lozim. Ushbu qo`mitaning asosiy vazifasi Afg`onistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ko`mak berishdan iborat bo`lishi zarur”, deya taklif kiritdi Shavkat Mirziyoev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1