24 sentyabr kuni mamlakatimizda 519 holatda kasallik qayd etildi.
Shu bilan birga, bugun 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko`rsatkich 447 nafarga etdi. E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Jizzax, Qashqadaryo, Farg`ona, Andijon, Navoiy hamda Sirdaryo viloyatlarida 609 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 53 966 nafar bemordan 50 441 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 078 nafar bemordan 548 nafari og`ir, 469 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






